Forish tumanida ishchi guruh tomonidan “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi tumanning 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallada joylashgan 55-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev yosh avlodni turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terroristik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashish, bunday tahdidlarga qarshi kurashishda barcha faol bo‘lishi lozimligi tushuntirildi.
Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tavsiya etilgan videoroliklar namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.