Bugungi kunda yong‘inlarning oldini olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Biroq, tilsiz yov bilan kurashish oson emas.
Buning uchun tegishli malakaga, tajribaga ega bo‘lish kerak. Aholini doim ogoh etish, ularga yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish, ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rish zarur.
Forish tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 avgustdagi “Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi doirasida tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi barcha mahallalarda aholi xonadonlarida, ta’lim muassasalarda, korxona va tashkilotlarda yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakatlanish bo‘yicha nazorat tadbirlari va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.