Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya’ni ma’naviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Keyin esa maktabga boradi.
Jamoada o‘zini qanday tutishni o‘rganadi. Ma’naviy ozuqa olishning chin inson bo‘lib yetishning birdan bir yo‘li bu kitob mutolaasi hisoblanadi. Inson kamoloti va bilimininng manbai kitob bilan bog‘liq.
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Forish tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida kitobxonlik aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya davomida nuroniylar va yoshlar tumandagi 30-son madaniyat markazi qoshida faoliyat yuritayotgan kutubxonaga tashrif buyurishdi. Bu yerda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Yoshlarga kitobxonlik va mutolaa madaniyati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “Men sevgan kitoblar”mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda “Bolalarga kitob o‘qishga mehr uyg‘otishda ota-onalarga maslahatlar” nomli feyklar tarqatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.