Forish tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror ligini ta’minlash, dinlararo hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Forish tuman kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari qo‘mitasi Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari Nodir Solievlar so‘zga chiqishib, ekstremizm va terrorizmning og‘ir oqibatlari, internetdan to‘g‘ri foydalanish, turli yot g‘oyalar ta’siriga berilib ketmaslik haqida batafsil so‘z yuritdilar.
Shuningdek, kiyinish madaniyati, o‘zbekona urf-otadlar, turli millatlar liboslariga taqlid qilib, kiyinib yurayotgan yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish haqida ham to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir davomida “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi tomonidan yaratilgan targ‘ibot materiallari ham namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.