Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Xalq deputatlari tuman Кengashining qarori

Xalq deputatlari tuman Кengashining qarori

28 декабрь 2024 йил
23
0

 FORISH TUMANIDA QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YERLAR UCHUN YURIDIK SHAXSLAR HAMDAMULKHUQUQI,EGALIKQILISH, FOYDALANISH YOKI IJARA HUQUQLARI ASOSIDA YER UCHASTKALARIGA EGA BO‘LGAN JISMONIY SHAXSLAR UCHUN 2025-YILGA BELGILANGAN BAZAVIY SOLIQ STAVKASI ASOSIDA YER SOLIG‘I STAVKALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasi hamda 437-moddalariga asosan 2025-yil uchun Forish tumanida belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan еrlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida еr uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2025-yilga еr solig‘i stavkalarini tasdiqlash bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Forish tumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan еrlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Bunda, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, yuqorida 1-ilova bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni belgilash huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilsin.
  3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Uzoqov, tuman moliya bo‘limi (Sh.Qoraboyev), tuman soliq inspeksiyasi (S.Xafizov)larga 2025-yildagi budjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar, soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.
  4. Mazkur qaror “Forish tongi” gazetasida rasman e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
  5. Qaror 2025-yil 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
  6. Xalq deputatalari Forish tuman Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Forish tumani qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan еrlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida еr uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida еr solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-65-128-3-53-K/23-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
  7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Uzoqov zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi  I. MATIYEV.

2024-yil 27-dekabr, Bog`don shaharchasi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар