FORISH TUMANINING 2025-YILGI MAHALLIY BUDJETINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Xalq deputatlari tuman Кengashining qarori
FORISH TUMANINING 2025-YILGI MAHALLIY BUDJETINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27-, 99-moddalari, “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1011-son Qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-032-3-0-K/24-son qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 26-dekabrdagi 01-20-08-02-39/196-sonli xatini inobatga olib, Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-032-3-0-K/24-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
- Mazkur qarorga muvofiq, Forish tumani mahalliy budjetining 2025-yilgi daromadlari 86 716 417,0 ming soʻm va xarajatlari esa 86 716 417,0 ming soʻmga ma'lumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Forish tumani mahalliy budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 483 000,0 ming soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
- Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2025-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar me'yori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetidan 2025-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjetining 2025-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek tuman budjeti yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman mahalliy budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2025-yil uchun 1174488,0 ming soʻm miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi ta'minlansin.
- Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan еrlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda 1 gektar еr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlar 6-ilovaga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan еrlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh.Uzoqov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Sh.Qoraboyev), tuman soliq inspeksiyasi (S.Xafizov) bilan birgalikda 2025-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini ta'minlash choralarini koʻrsin.
- Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishini ta'minlasin.
- Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
- Mazkur qaror “Forish tongi” gazetasida rasman e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
- Qaror 2025-yil 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Forish tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (B.Gʻoziyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh.Uzoqov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi I. MATIYEV.
2024-yil 28-dekabr, Bog`don shaharchasi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
![Forish tuman iqtisodiyot va moliya bo’limining tuman mahalliy budjetining 1-chorak ijrosi to’g’risidagi hisoboti](/uploads/posts/2024-09/1726552851_2024-09-17_105953.jpg)
10 апрель 2024, Среда
Forish tuman iqtisodiyot va moliya bo’limining tuman mahalliy budjetining 1-chorak ijrosi to’g’risidagi hisoboti
![XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI](/uploads/posts/2024-02/1709096206_2024-02-28_095412.jpg)
27 февраль 2024, Вторник
XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
![“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”DA FORISH TUMANI HOKIMLIGI XODIMLARI HAM FAOL ISHTIROK ETISHDI](/uploads/posts/2023-11/1700630793_2023-11-22_102432.jpg)
17 ноябрь 2023, Пятница
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”DA FORISH TUMANI HOKIMLIGI XODIMLARI HAM FAOL ISHTIROK ETISHDI
Изоҳлар (0)