Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

06 декабрь 2024 йил
22
0

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani deputat Botir Karimov boshqarib bordi.

Sessiyada dastlab deputatlar Forish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqovning “Tumanda 2024 yilning 9 oyi davomida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ijrosi yuzasidan va yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlari to‘g‘risida”gi hisobotini eshitib, muhokama qildilar.

Shundan so‘ng sessiyada deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasining Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini iyul, avgust, sentyabr oylaridagi o‘rganish natijasi bo‘yicha hamda tuman sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan 2024-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar ahvoli haqida”gi axborotini eshitdilar.

Sessiyada shuningdek, deputatlar “Forish tuman mahalliy byudjetining 2024-yil uchun tasdiqlangan parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda tuman mahalliy byudjetining 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi masalani ham qarab chiqdilar.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Shukur Qoraboyev axborot berdi.

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар