ISHCHI GURUHLAR HARAKATDA
Forish tumanida 2024 – 2025-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni samarali tashkil etish, yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayapti.
Jumladan, Forish tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman hokimligining uzluksiz shtabi faoliyat yuritmoqda.
Shtabga aholi tomonidan kelib tushayotgan barcha murojaatlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etib borilayapti.
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlar a’zolari muntazam ravishda tumandagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida, aholi xonadonlarida, korxona, tashkilot, muassasalarda bo‘lishib, energiya resurslaridan tejab-tergab foydalanish, is gazi va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, fuqarolar sog‘ligi va hayotiga jiddiy xavf solib kelayotgan is gazidan zaharlanish hamda uning salbiy oqibatlari, shuningdek, kattalarning e’tiborsizligi natijasida yosh bolalarni uyda nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar haqida tushuntirishlar berilayapti.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.