KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI
Ma’lumki, Pensiya jamg‘armasi tizimida joriy yilning 1 oktyabrdan 31 oktyabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Pensiya jamg‘armasi Forish tumani bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Seminarda Forish tumani Pensiya jamg‘armasining tizim xodimlari va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Pensiya jamg‘armasi hodimlari tomonidan kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun har bir O‘zbekiston fuqarosi mas’ul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi mas’uliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)