“ENG YAXSHI IJTIMOIY TASHABBUS” KO‘RIK-TANLOVINING FORISH TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamkor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.
Mazkur ko‘rik-tanlov 3-bosqichda, ya’ni birinchi bosqich tuman (shahar) miqyosida, ikkinchi bosqich viloyatlar miqyosida, uchinchi bosqich respublika miqyosida o‘tkazilishi belgilangan.
Belgilangan Nizom talablari asosida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovining Forish tuman bosqichi yakunlandi.
Tanlov yakuniga ko‘ra “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruv organi” nominatsiyasi bo‘yicha Akbar O‘narov va “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub’ekti” nominatsiyasi bo‘yicha “Yuksak qoyalar” fermer xo‘jaligi raisi Zarifa Abdug‘aniyevalar g‘olib bo‘lishdi.
G‘oliblarga Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.