Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

09 август 2024 йил
58
0

Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasida aholining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul aholi bilan samimiy muloqat tarzida kechdi.

Qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov, tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassalar rahbarlari ham ishtirok etib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish chora-tadbirlari izlandi.

Samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlari uchun kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatish, bankdan kredit olishda ko‘maklashish, moddiy yordam ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

Ushbu murojaatlarning bir qismi qabulda ishtirok etgan tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар