Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » INSON QADRI VA MANFAATI HAR NARSADAN USTUN

INSON QADRI VA MANFAATI HAR NARSADAN USTUN

02 июль 2024 йил
11
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentyabrdagi "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq bugungi kunda respublikamizda ijtimoiy sohada keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bu borada Forish tumanida ham bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi 175-sonli qarori bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida “Birlamchi ko‘mak” xonasi tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolarga tibbiy, psixologik, huquqiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Forish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan bugungi kunda tuman aholisiga 100 turga yaqin ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar bo‘yicha, tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha, kam ta’minlangan oilalar bo‘yicha, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar amalga oshirilmoqda.

Forish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari mahallalar yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga o‘z ko‘mak va yordamlarini ko‘rsatishmoqda.

Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida huquqshunos Q.Shaharov, psixolog G.Qaynarovalar tomonidan yuridik va psixologik ko‘makka muhtoj fuqarolarga yuridik va psixologik xizmatlar ko‘rsatishayapti. Forish tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda parasport yo‘nalishida ham turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda parasportning parastoltennis yo‘nalishida Jumanova Shahzoda Laziz qizi viloyat g‘olibligini qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Obid HAKIMOV,
Forish tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK
24 июнь 2024, Понедельник
CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK
FORISHDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHILARI HISOB BERMOQDA
07 декабрь 2023, Четверг
FORISHDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHILARI HISOB BERMOQDA
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
05 ноябрь 2023, Воскресенье
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар