Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » TADBIRKORLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

TADBIRKORLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

31 май 2024 йил
136
0

Forish tuman “Bog‘don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzax viloyat prokurorining o‘rinbosari A.Hayitboyev, Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvni tuman hokimi Ikrom Matiyev kirish so‘zi bilan ochib, joriy yilda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish, mavjud muammolarini hal etishga qaratildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar faoliyatidagi muammoli masalalari, bankdan kredit olishda ko‘maklashish, investitsiya sohasidagi takliflari bilan murojaat qilishdi. Har bir murojaat va taklif tegishli soha rahbarlari ishtirokida keng muhokama qilindi.

Shunga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarini zarur infratuzilma bilan ta’kminlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish masalalarida kengashib olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар