22-MAY – XALQARO BIOXILMAXILLIK KUNI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
Forish tumani, "Oqtepa" mahallasi "To‘qay" qishlog‘ida joylashgan 30-son va "O’xum" mahallasi Yuqori O’xum qishlog‘ida joylashgan 49-umumta'lim maktablarida 22-may – Xalqaro bioxilmaxillik kuni munosabati bilan "Nurota" davlat qo‘riqxonasi xodimlari va Forish tuman ekologiya bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda yurtimizda tashkil etilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan "Nurota" davlat qo‘riqxonasi to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, tabiiy resurslar umummilliy boylik ekanligi va ulardan oqilona foydalanish haqida so‘z yuritildi.
Forish tuman ekologiya bo‘limi xodimi A.Rizyev va "Nurota" davlat qo‘riqxonasi xodimlari B. Qayumov, U. Berdiyev va G‘. Sharifovlar ham so‘zga chiqishib, bioxilmaxillik haqida va uni muhofaza qilishning ahamiyati haqida gapirdilar.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.