Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA BAZALT ASOSLI MAHSULOTLARNI IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARIDA QO‘LLASH SAMARADORLIGIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO FORUM BO‘LIB O‘TDI

FORISH TUMANIDA BAZALT ASOSLI MAHSULOTLARNI IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARIDA QO‘LLASH SAMARADORLIGIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO FORUM BO‘LIB O‘TDI

26 апрель 2024 йил
1 129
0

Forish tumani “Egizbuloq” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Basalt Uzbekistan” klasterida “Basalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi”ga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

“O‘zsanoat qurilish bank” va “O‘zsanoat qurilish materiallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro forumda Germaniya, Italiya, Turkiya, Rossiyadan tashrif buyurgan investorlar, qurilish korxonalari, loyihalash instutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar ishtirok etishdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifida “Basalt Uzbekistan” klasteri faoliyati misolida bazalt mahsulotlari afzalliklarini keng targ‘ib etish, ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish hamda tashqi bozorga chiqishini yanada faollashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab bergandi.

Forish tumani Osmonsoy konidagi qimmatli topilma – bazalt toshlari mamlakatimiz sanoat tarmog‘i uchun muhim voqelik bo‘ldi, – deydi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi maslahatchisi Bahodir Ismailov. – “Basalt Uzbekistan” klasteri tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar esa, yurtimizda ushbu turdagi yangi konlarni aniqlashga turtki berdi.

Respublikada yillik quvvati 194 ming tonnalik bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalar, 16 ming tonnalik bazalt tolasi va fibra, 2 ming tonnalik bazalt armaturasi, 5 ming tonnalik kompozit quvurlar va 9 ming tonnalik kompozit geosetkalar ishlab chiqaruvchi 9 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri – Forish tumanida 46,8 gektar maydonni egallagan “Basalt Uzbekistan” klasteridir.

Forumda klasterning bugungi imkoniyatlari hamda rejalari taqdimot qilindi. Yiliga 177 ming tonna bazalt toshidan olinayotgan maxsus tola va uning asosida ishlab chiqarilayotgan 42 turdagi mahsulotlarning 80 foizi 24 ta davlatga AQSh, Angliya, Polsha, Italiya, Chexiya, Gruziya, Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinayotgani ko‘pchilik e’tiborini tortdi.

Mamlakat Prezidentining sohani ilmiy tomonlama rivojlantirish borasida bergan ko‘rsatmalari tahsinga loyiq, zero, har qanday kashfiyot va taraqqiyot ilm-fan asosida yuzaga keladi, – deydi Koreya muhandislik va qurilish texnologiyalari instituti professori Kim Xong Sop. – Faoliyatimiz qurilish va qurilish materiallari sohasida amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga asoslangan. O‘tgan yilda jamoamiz tomonidan qariyb 140 mln. dollarlik ilmiy izlanishlar olib borildi. O‘zbekistonda ham “R&D tadqiqotlar markazi”ni tashkil etib, ishlab chiqarish korxonalari hamda olimlar o‘rtasida “aloqa zanjiri”ni ta’minlash harakatidamiz. Bu sanoat rivojini 5-10 yilga tezlashtiradi, mahalliylashtirishni kuchaytiradi, ilg‘or texnologiyalarni mahalliy sharoitda qo‘llash samaradorligini oshiradi.

Forum dasturiga ko‘ra ishtirokchilar O‘zbekistonda bazalt asosida innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish holati va istiqbollari bilan tanishtirildi.

Mahsulot sifati va xususiyatlari, laboratoriya sinovlari va sertifikatlash, logistika kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bu borada jahon standartlari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izlanishlar va yangiliklar, ilg‘or texnologiya va uskunalar haqida taqdimot namoyish etildi.

Xalqaro forumda Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev ishtirok etdi.

Forum yakunida ishtirokchilarning “Basalt Uzbekistan” klasteri korxonalari bo‘yicha ekskursiya tashkil etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар