EKOLOGIYA SOHASIDAGI QONUN VA QONUNOSTI HUJJATLARI IJROSINI TA’MINLASHDA FORISH TUMANI EKOLOGIYA INSPEKSIYASI TAJRIBASI OMMALASHTIRILMOQDA
O‘tgan kuni Forish tumani ekologiya inspeksiyasida viloyat Ekologiya boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari ishtirokida Forish tumani ish tajribasini o‘rganish, kelgusida amaliyotga tadbiq etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha sayer o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov ishtirok etdi. O‘quv-seminarida ekologiya inspektorlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi, jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jarima va zararlarning malakalanishi, undirilishi, sohaga oid OAV va profilaktika ishlarini olib borish va boshqa masalar bo‘yicha amaliy tajribalar o‘rtoqlashildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.