FUQAROLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-14-sonli qarorining ijrosi yuzasidan investitsiya dasturi asosida Jizzax viloyat Forish tuman OIV diagnostika laboratoriyasini rekonstruksiya qilish 2025 yilga rejalashtirilgan. Ajratilishi kutilayotgan mablag‘ 806 million so‘m.
Eski, ta’mir talab bo‘lgan laboratoriya zamonaviy tarzda kapital ta’mirlanadi, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Natijada OIV infeksiyasiga, qon orqali yuqadigan virusli gepatitlarga va boshqa kasalliklarga tezkor va aniq tashxis qo‘yadigan laboratoriyaga aylantiriladi. Eng muhimi OITSga chalingan insonlarni qo‘shimcha laborator tekshruvlari tumanning o‘zida amalga oshirilib, bemorlarning viloyat markaziga borib tibbiy-ko‘riklardan o‘tishining oldi olinadi.
Ushbu bajariladigan ishlar yuzasidan barcha fuqarolardan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raymiz.
Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazi.