AHOLI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLANMOQDA
Forish tumanida bugungi qishning sovuq kunlarida tabiiy gaz yetib bormagan hududlardagi aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Bu borada “Forishtumangaz” korxonasi jamoasi o‘z zimmalaridagi mas’uliyatli vazifalarni chuqur anglab yetgan holda ish tutib, bu borada aholi talabini to‘liq qondirmoqda.
Muntazam ravishda navbatma-navbat tabiiy gaz yetib bormagan va uzoq qishloqlardagi aholi xonadonlari suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanayapti.
Jumladan, Forish tumani “Osmonsoy” mahallasi hududidagi Ana muna qishlog‘i ham tabiiy gaz yetib bormagan qishloqlardan biri. Korxona jamoasi aholi talabidan kelib chiqib, qishloq aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.