Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHLIK SPORTCHI XALQARO MUSOBAQADA BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI

FORISHLIK SPORTCHI XALQARO MUSOBAQADA BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI

26 февраль 2024 йил
36
0

Yaqinda bir hafta davomida Birlashgan Arab Amirligining Fujayrax shahrida 11-xalqaro G-2 jahon saralash reyting musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada dunyoning deyarli barcha davlatlaridan ikki yarim mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishdi.

Ushbu xalqaro musobaqada Forish tumanidagi “Bekpo‘lat” sharqona yakka kurash sport sog‘lomlashtirish klubi a’zosi, murabbiy Qanat Aymbetov shogirdi Ulug‘bek Nasibov 30 kilogramm vazn toifasida ishtirok etdi.

Ulug‘bek Nasibov musobaqalarda Arabiston, Angliya, Tayland, Ispaniya, Qatarlik tengdoshlarini yengdi. Yarim final bosqichida Arabistonlik sportchiga ochkolar hisobida yengilib, 3-o‘rinni egalladi va bronza medali sohibi bo‘ldi.
Ulug‘bek Nasibovga keyingi musobaqalarda yanada yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishini tilab qolamiz.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар