FORISHLIK IIB XODIMI “FIDOYI AYOL XODIMA” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBI
Jizzax viloyati IIOlarida osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Fidoyi ayol xodima” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Dastlab ishtirokchilar ming metrga yugurish boʻyicha bellishishgan boʻlsa, soʻngra kompleks mashqlarni bajarishdi.
Shuningdek, xotin-qizlarning jangovar shayligi, maxsus vositalardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻnikmalari jangovar qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish hamda merganlik shartlarida sinovdan oʻtkazildi.
Bundan tashqari maxsus testlarni yechish orqali ishtirokchilarning intellektual va professional bilim darajasiga baho berildi.
Yakuniy natijalarga koʻra Forish tumani IIB xodimi, mayor Umida Egamovaga teng keladigani topilmadi va bellashuvning viloyat bosqichi gʻolibi deb topildi. Endilikda u tanlovning Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.