Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

HUNARLI AYOL – XOR BO‘LMAS

30 январь 2024 йил
84
0

Xalqimizda hunarmandchilik qadimdan rivojlangan bo‘lib, hozirga qadar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Har bir yigit qiz biron hunarni egallashi uchun albatta hunarli insonga shogird tushadi. Yigitlar duradgorlik, naqqoshlik, yog‘och ustasi, etikdo‘zlik, temirchilik kabi, qizlar esa tikuvchilik, pazandachilik, zardo‘zlik sirlarini ustozlaridan qunt bilan o‘rganishgan. Mashaqqat bilan bo‘lsada hunar sirlarini hatto yillab o‘rganishgan va shu orqali o‘zlariga kelajak uchun poydevor yaratishgan.
Xalqimizning «Hunaring bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda» degan ibratli gapi bejizga aytilmagan.

 Forish tumani 2-sektor hududidagi «Qoraabdol ota» mahallasida yashovchi Shahnoza Shodmonova ana shunday hunarga intiluvchan xotin-qizlarimizdan biri. U usta tikuvchilarga shogird tushib tikuvchilik hunarining sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirib oldi.

 Inson nimani niyat qilib, izlanib intilsa, albatta, o‘z maqsadlariga erishadi. Shahnoza Shodmonova tikuvchilik kasbi sir-asrorlarini o‘rganib olgach, hech ikkilanmasdan tadbirkorlikka qo‘l urdi.

 2021 yilda tikuvchilik sexini tashkil etib, ishga tushirdi. Xom ashyo xarid qilish uchun bankdan 10 million so‘m kredit mablag‘i oldi. Bu ishlarni yo‘lga qo‘yishda tuman prokuraturasi xodimlari unga yelkadosh bo‘lib, har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishdi.

 Ko‘p narsa insonning o‘ziga, uning intiluvchanligiga bog‘liq ekan. Shahnoza Shodmonovaning sa’y-harakati bilan tikuv sexi kengayib, buyurtmalar soni ham ortib bordi. 20 ta ish o‘rni yaratilib, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga kasb o‘rgatilib, bandligi ta’minlandi.

 Bugungi kunda Shahnoza Shodmonova boshliq sex ishchilari bozor talabidan kelib chiqib, bolalar va kattalar uchun sport kiyimlari, milliy andozalarimiz asosida xotin-qizlar liboslari, ko‘rpa-yostiq, quroqlar tikib xaridorlarga yetkazib berishmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар