YER UCHASTKALARI QANDAY TARTIBDA IJARAGA BERILADI
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan еr uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-15-son, 18.01.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan еr uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.
Bunda:
- еr uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30-yilga ijaraga beriladi, boshlang‘ich narx еr uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
- еr uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga еr uchastkasi narxini 3-yil muddatda har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
- dehqon xo‘jaligi, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun еr uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga еr uchastkasi narxini 5-yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
2024-yil 1-martdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan еr uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan еr uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini еr uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin bo‘ladi.
2024-yil 31-dekabrga qadar o‘z hududlarida еrga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, lekin amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha еr uchastkalari bo‘yicha ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki еrni zaxiraga qaytarish choralari ko‘riladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.