Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH DOLZARB AHAMIYAT KASB ETMOQDA

KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH DOLZARB AHAMIYAT KASB ETMOQDA

11 январь 2024 йил
219
0

Bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bog‘liq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 500 milliondan ortiq kiber hujumlar uyushtiriladi. Har soniyada 12 nafar insondan biri kiber makonda sodir etilgan hujumlar qurboniga aylanadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Angliya, Germaniya, Belgiya, Luksemburg kabi rivojlangan davlatlarda jinoyatlarning 60-65 foizi kiber hujumlar orqali sodir etilmoqda.

O‘zbekistonda ham so‘nggi uch yilda bu turdagi jinoyatlar 8,3 baravarga ko‘payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga yetgan. Xususan, noqonuniy bank-moliya operatsiyalari orqali o‘zgalarning plastik kartadagi mablag‘larini o‘zlashtirish, zararli viruslar tarqatish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik jinoyatlari ko‘payib bormoqda.

Achinarlisi, axborot texnologiyalari yordamida huquqbuzarlik va jinoyatga qo‘l urgan shaxslar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Respublikamizda virtual olamdagi qonunbuzilishlarning aksariyati 16-23 yosh oralig‘idagi o‘smir-yoshlar tomonidan sodir qilinmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, kiberxavfsizlikni ta’minlash masalasi bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар