Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

PENSIYAGA CHIQISH TARTIBI

03 январь 2024 йил
93
0

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga to‘lganda va mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli qarorda belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming so‘m)da ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

Demak, fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan taqdirda, kelgusida pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Hozirgi kunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 608 000 so‘mni tashkil etadi.

Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq.

Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi.

Yorqin NURQULOV,
byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар