Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMAN IQTISODIY SUDI TOMONIDAN SAYYOR SUD O‘TKAZILDI

FORISH TUMAN IQTISODIY SUDI TOMONIDAN SAYYOR SUD O‘TKAZILDI

21 ноябрь 2023 йил
85
0

Bir paytlar odamlar sud binosiga yaqinlashishi bilan vahimaga tushardi. Ya’ni sud faqat jazolovchi organ sifatida qaralgan. Ochiq muloqot hamisha yaxshi natija bergan. Inson yuzma-yuz, ochiq muloqotdagina o‘zini emin-erkin tutadi.

Ichidagi dardini bemalol ayta oladi.
Forish tuman iqtisodiy sudi tomonidan yerga oid nizo bo‘yicha sudga kiritilgan da’vo arizasi sayyor sud majlisi jarayonida tuman hokimligi binosida ko‘rib chiqildi. Ochiqlik va oshkoralik ruhida o‘tkazilayotgan sayyor sudlardan maqsad, jamiyatda qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligi ta’minlanib sayyor sud majlislarida jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish orqali aholining keng qatlamiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilmoqda. Ko‘rilayotgan ishlarga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan moddiy va protsessual qonunchilikning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirilmoqda.

Xulosa o‘rnida aytganda, sudlarning bugungi asosiy vazifasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishni ta’minlash, sudni tom ma’noda adolat qo‘rg‘oniga aylantirishdan iboratdir.

Dilshod SOATOV,
Forish tuman iqtisodiy sudi raisi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар