“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI AMALDA
Mamlakatimizda so‘nggi 5-6 yillarda pavloniyaga qiziqish nihoyatda ortib bormoqda. Pavloniya yer sharida mavjud daraxtlardan nafaqat eng tez o‘sishi bilan ajralib turadi, balki hayotiy go‘zallik kashf etib gullashi, qimmatli yog‘och, asal, biomassa manbai ekanligi bilan qadrlanadi, u manzarali daraxt sifatida istirohat bog‘lari, xiyobonlarni bezaydi, pavloniya mamlaktimizda yangi o‘simlik.
Forish tumani 3-sektor hududidagi “Oybek” nomli mahallaning Porasht qishlog‘i hududida faoliyat yuritayotgan Eshmurod Fayziev boshliq “Diyorbek – Rustambek” oilaviy korxona a’zolari bundan ikki yil oldin Forish tuman sharoitida pavloniya daraxti ekib, ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ydilar. Bugungi kunda oilaviy korxonaga tegishli bo‘lgan 6 gektar yerda 7000 dona pavloniya daraxti yetishtirilmoqda. Bundan tashqari oilaviy korxona a’zolari 12 gektar yerda uzumzor ham barpo etishgan.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.