Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI

27 октябрь 2023 йил
72
0

Forish tumanida xalq bilan muloqot qilish, yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan, kezi kelganda qiynayotgan dardu muammolariga quloq tutish tuman hokimligi faoliyatining bosh mezoniga aylangan. Shu bois, Forish tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari har hafta aholi qabulini o‘tkazib ular muammolarini o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Qabullarda hozirda inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu niyatlari, hayotiy muammolarini hal etilishiga alohida e’tibor berilmoqda.

Navbatdagi aholi qabuli tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova tomonidan o‘tkazildi.

Qabul davomida aholi tomonidan tibbiyot, bandlik, to‘lov kontrakt, ijtimoiy yordam, elektr ta’minoti sohasiga oid 15 murojaatlar bo‘ldi. Ushbu murojaatlarning 12 tasi tegishli tashkilotlar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan 3 ta murojaatlar tegishli tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MUAMMOLAR MULOQOTDA HAL ETILMOQDA
13 октябрь 2023, Пятница
MUAMMOLAR MULOQOTDA HAL ETILMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар