Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

Forish turizmi haqida

11 октябрь 2023 йил
930
0

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabalari sayohatlari davomida Nurota tog’larining Mojrum qishlog’ida joylashgan Qo‘rg’on deb atalmush bu joyda “Mojrum” nomiga ega shifobaxsh archa taxminiy yoshi bir yarim ming yil yashagan o‘zining mo‘jizaviy ko‘rinishi bilan alohida ta’surot qoldirdi. Bu tabiat yodgorligi Iskandar Zulqarnayin askarlari tomonidan ekilgan bo‘lib o‘zinig shifobaxsh hususiyatga egaligi bilan e’tibor qaratdi. Poya aylanasi 24 metr, markaziy shox aylanasi 12 metrga ega. Bu ulkan daraxt tanasi bo‘lib, bir paytning o‘zida unga bir necha kishi sig’ar ekan. mahalliy ziyoratchilarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, kimki archani 3 marta borib ziyorat qilsa yoshi 90 ga yetishiga yordam berishiga ishonch bildirishdi.

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari tashriflari jarayonida Forish tumaninig eng chekka, Navoiy viloyati Nurota tumani bilan chegaradosh hududida Mojrum qishlog’ida joylashgan Hazrati Zaynulobiddin ziyoratgohida bo‘lishdi. Bu qishloq Jizzax shahridan 121 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, asosan tog’ yonbag’ridagi go‘zal manzarasi, salqin tabiati, so‘lim va bahavo joylari bilan talabalarni o‘ziga jalb qildi. Hazrati Zaynulobiddin to‘g’risida “Xazinat ul-asfiyo” kitobida ma’lumot berishicha Zaynulobiddin (dinga sig’inuvchilar xudojo‘ylar)ning eng a’losi, go‘zali degan ma’noni anglatadi) ismni olgan zot Hazrat Hasan ibn Ali Abu Tolibning 24-avlodlari, ya’ni Hazrat Alining 25-avlodlaridan - Zaynulobiddin (taxminan 895-yilda tug’ilib, 915-yilda vafot etgan) bo‘lib, u zot aynan yigitlik paytida Nogur yo‘lida otasining ko‘z oldida yo‘lto‘sarlar qo‘lida shahid bo‘lgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti magistrantlari Forish tumaninig Qoratosh qishlog‘ida joylashgan Xo‘ja Bog‘bon ota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu ziyoratgoh Jizzax viloyatining 29 ziyoratgohlaridan biridir. Uning tarixi XII asrning 70-yillariga borib taqaladi. Ziyoratgoh Mir Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida keltirilgan yetti yuz avliyoning ism-shariflari qatorida tilga olingan. Ibn Muhammad al-Vosit (Xo‘ja Bog‘bon avliyo ota) avliyo ismi bilan bog‘liqligi tadqiqotlarda qayd etilgan.

Ziyoratgoh hududidagi yozda ham, qishda ham iliq haroratda bo‘ladigan antiqa buloq suvi, hovuzdagi muqaddas baliqlar hamda ming yillik keksa tut daraxtlari uning qadim tarixga ega ekanligini bildiradi. Mahalliy aholining fikricha, uzoq yillar mobaynida befarzand va dardmand kishilar ziyoratgohga tashrif buyurib shifo topishar ekan.Видео бу ерда  https://t.me/nuu_uz/6558 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар