Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

DARDLARGA DARMON BO‘LMOQDA

23 сентябрь 2023 йил
76
0

Dunyo go‘zalliklarini o‘zida mujassam etgan bir xilqat borki, u bilan xonadonimiz fayzli, qalbimiz nurafshon. Uning hayotimizda borligi baxt bo‘lsa, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi kerakligini his etib yashashi kelajak-avlod ta’lim-tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero sog‘lom farzandlarni sog‘lom onalargina tarbiyalay oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan hududlarda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravishda o‘rganish hamda hal etish doirasida ro‘yxatlar shakllantirilgan. Ushbu ro‘yxatlar asosida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan maxsus jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish orqali davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatidagi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarning davolanishi uchun mablag‘lar ajratib kelinmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlari yoshidan qat’i nazar) farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlarini “Ayollar daftari” jamg‘armasi va Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berish ko‘zda tutilgan.
Mana shu xayrli ishning amaliy isboti sifatida joriy yilning o‘tgan oylari davomida tumanda 37 nafar xotin-qizlarga hassa, 18 ta aravacha, 20 ta eshitish moslamalari, 4 ta xodinok hamda 29 nafar xotin-qizlarga shartnoma asosida jarrohlik amaliyoti uchun 247 million 154 500 so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Bu kabi xayr-saxovat yo‘lidagi ishlar davom ettirilmoqda. Eng avvalo hech bir xotin-qiz biror dard sabab aziyat chekmasin, jamiyatdan o‘zini ayro his etmasin, ko‘ngli o‘ksimasin. O‘ksik qalblarga darmon bo‘lish eng oliy maqsaddir.
Sabohat QO‘NAROVA,
tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASН BORASIDA
25 сентябрь 2023, Понедельник
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASН BORASIDA
“KITOBXON ONALAR KUNI” O‘TKAZILMOQDA
23 сентябрь 2023, Суббота
“KITOBXON ONALAR KUNI” O‘TKAZILMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар