FORISНLIK HUNARMAND O‘Z HUNARMANDCНILIK MAHSULOTLARI BILAN XALQARO HUNARMANDCНILIK FESTIVALIDA ISНTIROK ETMOQDA
Forish tumani 3-sektor hududidagi Oybek nomli mahallada yashab, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi Laylo Ilhomova bugun o‘zining hunarmandchilik mahsulotlari bilan elga tanildi. Uning milliy uslubdagi hunarmandchilik mahsulotlarini Respublikamizning turistik majmualarida chet ellik sayyohlar xarid qilib olib ketishmoqda.
Laylo Ilhomova o‘z hunarmandchilik mahsulotlari bilan ayni kunda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan II “Xalqaro hunarmandchilik festivali”da ishtirok etmoqda.
Mazkur festivalda 70 ta xorijiy mamlakatlarning 200 dan ziyod hunarmand, olim, dizayner va tashkilot rahbarlari ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimiz viloyatlaridan 700 nafar hunarmandlar qatnashmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Тавсия этамиз:
